Konstitutsiyaga takliflar yakunlari bo‘yicha maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi

06 Mar 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Oliy sud rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan xalqimiz tomonidan kelib tushgan takliflar yakunlari bo‘yicha maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar jamoatchilik tomonidan yuborilgan 200 mingdan ortiq takliflarning har birini sinchiklab o‘rganib chiqishdi, bunda xalqaro tajriba ham inobatga olindi, turli sohalardan yetuk mutaxassislar va ekspertlar jalb etildi.

Bir necha oy davom etgan o‘rganishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yakuniy tahriri tayyorlandi.

Mazkur qonun loyihasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat boshqaruvi sohalariga oid o‘ta muhim o‘zgarishlar aks etgani sababli qonun loyihasini referendumga qo‘yishdan avval deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida belgilangan qonunchilik tashabbusiga ega subyektlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda.

Bunda parlament va hukumat, jamoatchilik vakillari qonun loyihasiga o‘z takliflari va fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Shuningdek, mazkur qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan alohida ko‘rib chiqilishi va xulosa berilishi qayd etildi.

Maslahatlashuvlar davom etadi.

Related

КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОҲОТЛАР
Конституция — инсон қадри, эркинлик, тенглик ва адолат гарови! ЯНГИЛАНГАН ҚОМУСИМИЗ — ҲУҚУҚИЙ ЖАМИЯТ ПОЙДЕВОРИ
27. Noy 2025
КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОҲОТЛАР
Янги Ўзбекистон: конституциявий ислоҳотлардан – конституциявий барқарорлик сари “Янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикаси Конституцияси давлатчилик, ижтимоий-сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ва суд-ҳуқуқ соҳаларини бундан кейин ҳам барқарор ривожлантириш учун мустаҳкам замин яратди”. Шавкат МИРЗИЁЕВ, Ўзбекистон Республикаси Президенти 2025 йил – юбилейлар йили
27. Noy 2025
КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОҲОТЛАР
Бош қомусимиз – Ўзбекистоннинг ишонч, барқарорлик ва келажак пойдевори
24. Noy 2025
КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОҲОТЛАР
«Конституция – эркин ва фаровон ҳаёт гарови!» Янги Ўзбекистон Конституцияси: яратилиши, қабул қилиниши ва ижро этилиши
29. Noy 2024
КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОҲОТЛАР
Ўзбекистон: халқ ҳокимиятчилигини мустаҳкамлаш йўлида
07. Dek 2023
КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОҲОТЛАР
Янги таҳрирдаги Конституция— инсон шаъни, қадр-қиммати ва ҳуқуқларининг мустаҳкам кафолати
24. Noy 2023