Tojikiston Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

24 Iyul 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik va oilaviy baxt-saodat, birodar O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 18-19-aprel kunlari Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Related