O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar

24 Iyul 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Qirg‘iziston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, O‘zbekiston Respublikasiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tiladi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Qirg‘iziston Prezidentining yaqinda O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar to‘plamini, shu jumladan qo‘shma «yo‘l xaritasi» asosida o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Related