O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ozarbayjon yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Ikkinchi Hududlar forumi, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qator qo‘shma madaniy tadbirlarning samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlarini ham muhokama qildilar.