O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 8-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Qozog‘iston poytaxtida davlatimiz rahbari beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari – YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.