Qozog‘istonga amaliy tashrif yakunlandi

17 Sen 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi.

Bugun «Markaziy Osiyo – Germaniya» sammiti doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda Prezidentimiz mintaqa mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Related