O‘zbekiston Prezidenti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro forumda ishtirok etadi

10 Okt 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 10-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari 11-oktabr kuni turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Related