O‘zbekiston Prezidenti Finlyandiya Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

12 Noy 2024

Bok-u shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Finlandiya hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Faol siyosiy va parlamentlararo aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish uchun metallurgiya, elektrotexnika, kimyo, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlash taklif etildi.

Shu ma’noda, 2025-yil yanvar oyida Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Ta’lim va ekologiya sohasidagi almashinuvlarni mustahkamlash, shu jumladan BMTning Orolbo‘yi uchun Trast jamg‘armasi faoliyatida Finlyandiyaning faol ishtirok etishi istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Related