O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda «Kuwait Investment Company» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Favoz al-Ahmadni qabul qildi.
Asosiy aksiyadori Kuvayt investitsiya agentligi bo‘lgan kompaniya 1961-yilda tashkil etilgan. Aktivlarni boshqarish, investitsion banking, xususiy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.
Ta’lim, infratuzilma, agrosanoat, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish qo‘llab-quvvatlandi.