O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Suhbatda O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani, ko‘p qirrali hamkorlik barcha ustuvor yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.