O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “NASDAQ” fond birjasi raisi Adena Fridman bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“NASDAQ” – 30 trillion AQSH dollaridan ortiq aktivlarni boshqaruvchi dunyodagi yetakchi moliya bozori operatorlaridan biri.
«Toshkent» fond birjasini modernizatsiya qilish, davlat obligatsiyalari savdosi uchun yaxlit infratuzilma yaratish rejalari ko‘rib chiqildi.