AQSHning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan davra suhbatidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor huzurida ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi bo‘ldi.
Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolangan:
– Transport vazirligi va «Boeing» kompaniyasi o‘rtasida transport sohasida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– «Texnopark» MCHJ va «FLSmidth» kompaniyasi o‘rtasida tog‘-kon uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida bitim;
– «Akfa group» va «Cleveland Clinic» o‘rtasida ko‘p tarmoqli klinika va ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida bitim;
– «Centrum Air» aviakompaniyasi va «Oppenheimer» investitsiya kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Iqtisodiyot va moliya vazirligi va «Citigroup» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– «O‘zbekgidroenergo» AJ va «Cargill Financial Services International» kompaniyasi o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– «O‘ztransgaz» AJ va «Pangea Filtration Technology» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda «Cove Capital» kompaniyasi o‘rtasida istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish to‘g‘risida bitim;
– «Yangi Kon» MCHJ va «SLB» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan «Biologic International» kompaniyasi o‘rtasida sun’iy intellekt va biotexnologiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jamg‘armalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim.