Shveytsariyaga amaliy tashrif yakunlandi

22 Yan 2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirlardagi ishtirokini yakunladi.

Bugun davlatimiz rahbari Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etib, tadbir doirasida qator uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdi.

Amaliy tashrif tugagach, O‘zbekiston Prezidenti Syurix xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.

Related