Baliqchida xalqaro standartlarga mos sport anjomlari ishlab chiqarilmoqda

23 Sen 2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda sport industriyasini rivojlantirish, sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish va mahalliy ishlab chiqarishni koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda import oʻrnini bosadigan, xalqaro standartlarga mos sifatli sport anjomlari ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega.

“LB Sport” sport anjomlari ishlab chiqaruvchi yetakchi mahalliy korxonalardan biridir. Korxona 20 dan ortiq sport federatsiyasi bilan hamkorlik qilmoqda.

Mazkur loyiha davlatimiz rahbarining joriy yil 24-martdagi sport sohasiga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirishga doir qarori asosida amalga oshirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 25 milliard soʻm boʻlib, toʻliq tadbirkorning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan. Korxonada 18 ta sport turi boʻyicha 65 xil mahsulot ishlab chiqariladi. Yiliga 500 ming dona, umumiy qiymati 75 milliard soʻm boʻlgan sport anjomlari tayyorlanadi.

Mahsulotlar sifat jihatidan xorijiy muqobillari bilan raqobatlasha oladi, narxi esa nisbatan arzon. Ular Qozogʻiston, Qirgʻiziston va MDHning boshqa davlatlariga eksport qilinmoqda. Yillik eksport hajmi 3 million dollarni tashkil etadi.

Korxona faoliyatida aholi bandligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Baliqchi tumanidagi 800 ta kam daromadli oila bilan kasanachilik asosida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Kasanachilarning 90 foizini ayollar tashkil etadi, 65 foizi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Mazkur tizim aholiga oʻz xonadonida mehnat qilib, barqaror daromad olish imkonini bermoqda.

Korxonada taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi yoʻlga qoʻyilgan. Tumandagi 1- va 2-son texnikumlarning 100 nafar oʻquvchisi dual taʼlim asosida oʻqitilmoqda. Ular nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlamoqda.

Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish jarayoni va tayyor mahsulotlar namunalarini koʻzdan kechirdi.

Korxonaning istiqboldagi rejalari haqida axborot berildi. Ishlab chiqarish yoʻnalishlarini kengaytirish maqsadida 2027-yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida sport velosipedlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu yerning o‘zida iqtidorli yoshlar, korxona ishchilari bilan samimiy muloqot qilindi.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгашининг кенгайтирилган мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигига бўлажак раисликнинг устувор йўналишларини белгилаб берди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги доирасидаги ҳамкорликнинг устувор йўналишларини кўрсатиб ўтди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga bo‘lajak raisligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
09. Okt 2026