Baliqchida yoshlar uchun sunʼiy intellekt markazi tashkil etildi

23 Sen 2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyurib, yoshlarning startap loyihalari bilan tanishdi.

“Akademiya IT Star” korxonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu markaz davlatimiz rahbarining 2024-yil 26-fevraldagi raqamlashtirish sohasida xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qarori asosida barpo etilgan.

Axborot texnologiyalari yoshlar uchun eng talab yuqori boʻlgan sohalardan biriga aylanmoqda. Shu bois, hududlarda zamonaviy AT kasblarni egallash, amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish va raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar yaratish uchun sharoitlarni kengaytirish muhim ahamiyatga ega.

Loyihaning umumiy qiymati 15 milliard soʻmni tashkil etib, 100 ta ish oʻrni yaratilgan.

Markaz qishloq va tuman yoshlariga boshqa hududlarga bormasdan, oʻz yashash joyida zamonaviy bilim va kasblarni egallash imkonini bermoqda. Bu yerda marketing, dasturlash va robototexnika yoʻnalishlarida taʼlim berilib, yoshlar olgan bilimlarini amaliy loyihalarda qoʻllamoqda.

Muassasa imkoniyatlaridan mahalliy tadbirkorlar ham samarali foydalanmoqda. Ularga sunʼiy intellekt asosida biznesni rivojlantirish boʻyicha maslahat va AT xizmatlari koʻrsatiladi. Shu kunga qadar 500 dan ortiq tadbirkorlik subyektiga jami 8,5 milliard soʻmlik xizmat koʻrsatilgan.

Bugungi kunda viloyatdagi 65 mingta tadbirkorlik subyekti uchun SMM-menejer, mobilograf, grafik dizayner, marketolog, maʼlumotlar tahlilchisi va sunʼiy intellekt mutaxassislariga ehtiyoj 129 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda. Markazdagi taʼlim dasturlari ana shu talabdan kelib chiqib shakllantirilgan.

Davlatimiz rahbari yoshlar yaratgan startaplar bilan yaqindan tanishib, ularning bilim va intellektual salohiyatiga yuqori baho berdi. Samimiy muloqot davomida yigit-qizlar mamlakatimizda startap ekotizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbus va takliflarini bildirdi.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгашининг кенгайтирилган мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигига бўлажак раисликнинг устувор йўналишларини белгилаб берди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги доирасидаги ҳамкорликнинг устувор йўналишларини кўрсатиб ўтди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga bo‘lajak raisligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
09. Okt 2026