Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzishi toʻgʻrisida bitim imzolandi

08 Okt 2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Serdar Berdimuhamedovni Turkmaniston mustaqilligining 35 yilligi hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi samarali raisligi bilan tabrikladi.

Oʻzbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi barqaror oʻsib bormoqda, “Shovot – Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Oʻzaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi hamda sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi kabi sohalarda Kooperatsiya dasturini qabul qilish va uni ikki mamlakat hududlari darajasida ham amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Mazkur hujjat siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish hamda ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam institutsional asos yaratadi.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгашининг кенгайтирилган мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигига бўлажак раисликнинг устувор йўналишларини белгилаб берди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги доирасидаги ҳамкорликнинг устувор йўналишларини кўрсатиб ўтди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga bo‘lajak raisligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
09. Okt 2026