Davlatimiz rahbari Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

08 Okt 2026

8-oktabr kuni Avazadagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston – Armaniston koʻp qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Turli darajalarda faol aloqalar yo‘lga qoʻyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda ikki mamlakat oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazildi.

Oʻzaro savdo hajmi ortib bormoqda, mamlakatimizda Armaniston sarmoyasi ishtirokida 80 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Poytaxtlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyilgan.

Qishloq xoʻjaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.

Bu borada Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va qoʻshma ishbilarmonlik tadbirlarini samarali oʻtkazish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar va koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгашининг кенгайтирилган мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигига бўлажак раисликнинг устувор йўналишларини белгилаб берди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги доирасидаги ҳамкорликнинг устувор йўналишларини кўрсатиб ўтди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga bo‘lajak raisligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
09. Okt 2026