O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 7-oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.