Ashxobodga amaliy tashrif yakunlandi

12 Okt 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda uning merosi xalqlar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro anglashuv rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

Tadbir doirasida Prezidentimiz Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Related