Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-sentyabr kuni Namanganga jo‘nab ketdi.
Bu viloyat tadbirkorlik va sanoat hududi. So‘nggi sakkiz yilda Namanganga 7 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilgan, 8 mingga yaqin yangi korxona ishga tushgan. Qishloq xo‘jaligi, turizm, xizmat sohalari ham rivojlanib, aholi bandligini ta’minlamoqda.
Prezident tashrifidan maqsad shunday namunali loyihalar bilan tanishish va yangi marralarni belgilashdir. Safar dasturidan qurilish, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari, ijtimoiy muassasalar o‘rin olgan.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumida ham ishtirok etadi.