Davlatimiz rahbari mukofotni topshirar ekan, A.Guterrishning O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi yuksak darajaga yetishiga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida e’tirof etdi.
Bosh kotib O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan global va mintaqaviy ahamiyatga molik keng ko‘lamli islohotlar va tashabbuslarni, shuningdek, BMT institutlarining respublikamizdagi faoliyati kengayishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlandi.
BMT rahbarining xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, global boshqaruv institutlarini isloh qilish, Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, «yashil» va raqamli taraqqiyot, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash borasidagi ko‘p yillik sa’y-harakatlari qayd etildi.