Prezident Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan yangi turizm maskanida bo‘ldi.
Bu yerda zarur infratuzilma yaratilib, kapsula shaklidagi uylardan iborat zamonaviy dam olish maskani barpo etilmoqda. Shuningdek, bu yerda restoranlar, dor yo‘llari va chang‘i uchish maydonlari bo‘ladi.
Oynavand kapsula uylarning o‘ziga xos tomoni, ular yengil, ko‘chma, kamxarj. Katta qurilish qilinmasligi bois tabiatga ham ziyon yetkazmaydi.
Davlatimiz rahbari bunday uylarni Baxmal, Shahrisabz, Boysun kabi boshqa turizm maskanlarida ham o‘rnatish sayyohlar e’tiborini tortishini ta’kidladi.