«Kuwait Investment Company» kompaniyasi boshqaruvchi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

17 Fev 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda «Kuwait Investment Company» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Favoz al-Ahmadni qabul qildi.

Asosiy aksiyadori Kuvayt investitsiya agentligi bo‘lgan kompaniya 1961-yilda tashkil etilgan. Aktivlarni boshqarish, investitsion banking, xususiy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

Ta’lim, infratuzilma, agrosanoat, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish qo‘llab-quvvatlandi.

Related