Muzokaralar natijasi bitimlarda mustahkamlandi

27 May 2024

O‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma bayonot imzoladilar.

Davlat rahbarlari huzurida muhim ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, bular:

– O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;

– O‘zbekiston Respublikasiga metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

– Birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

– Aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi o‘rtasida ilmiy texnologiyalar sohasida qo‘shma tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risida bitim;

– Baliqchilik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;

– 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasida hamkorlik dasturi;

– 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan turistlar oqimini oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturi;

– O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tovar ayirboshlashni ko‘paytirish maqsadida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;

– O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida 2024–2030-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari rejasi;

– O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Karantin va o‘simliklarni himoya qilish agentligi hamda Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati o‘rtasida fitosanitariya sohasida raqamli hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 2024–2025-yillarga mo‘ljallangan karantin va o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi o‘rtasida “N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti” federal davlat budjet oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida memorandum;

– O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida sog‘liqni saqlashni tashkil etish masalalari bo‘yicha; tibbiyot maqsadidagi dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va yuqori texnologik davolash usullarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnomalar;

– O‘zbekiston Respublikasi hududida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar;

– Toshkentda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining filialini ochish to‘g‘risida bitim;

– transport mashinasozligi, fuqarolik aviatsiyasi tizimlari sanoatini rivojlantirish, turizm almashinuvini oshirish, Toshkentda gumanitar loyihalarni amalga oshirish, agrologistika markazlari va zamonaviy kimyo quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida hujjatlar.

Related