Oʻzbekiston Prezidenti Daniya bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun imkoniyatlar keng ekanini taʼkidladi

02 Okt 2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Daniya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenni qabul qildi.

Oʻzbekiston – Daniya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻtgan yili Daniyaga Oʻzbekistonning qarorgohi Stokgolm shahrida boʻlgan ilk elchisi tayinlandi. Joriy yilda Daniya Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakilini tayinladi.

Soʻnggi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb besh barobar oshdi. Daniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida Oʻzbekistonda togʻ-kon, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi, suv taʼminoti hamda boshqa sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Oʻzaro savdo hajmini yanada oshirish, Daniya investitsiyalari, ilgʻor texnologiyalari va nou-xaularini energetika, farmatsevtika, transport va logistika, agrosanoat majmui hamda boshqa istiqbolli yoʻnalishlarga jalb etish muhimligi taʼkidlandi.

Taʼlim, madaniyat va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni tizimli ravishda kengaytirish uchun institutsional va shartnomaviy-huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгашининг кенгайтирилган мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигига бўлажак раисликнинг устувор йўналишларини белгилаб берди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги доирасидаги ҳамкорликнинг устувор йўналишларини кўрсатиб ўтди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga bo‘lajak raisligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
09. Okt 2026