
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobodda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Pokiston biznes forumi doirasida “Go Group” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Dur Muhammad Ayub bilan uchrashdi.
Korxona Pokistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport sohalarida yetakchidir.
Kompaniyaning mamlakatimiz hududlarida chorvachilik mahsulotlarini toʻliq qayta ishlash zanjiriga ega agroklaster barpo etish boʻyicha rejalari qoʻllab-quvvatlandi.