Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya Qoʻshma bayonotni imzoladilar.
Shuningdek, yetakchilar huzurida Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi doirasida bozorga kirish masalalari boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani toʻgʻrisidagi bayonnoma hamda Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuv mexanizmini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

