Oʻzbekiston va Serbiya Prezidentlari qoʻshma biznes forumida ishtirok etdilar

08 Sen 2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich qoʻshma biznes forumida ishtirok etdilar.

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari, yetakchi sanoat va savdo korxonalari rahbarlari, xususan, Serbiyaning “Galenika”, “AbelaPharm”, “Gosa FOM”, “YUMCO”, “Luss Textile” kabi kompaniyalari qatnashdi.

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida samarali oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar ikki tomonlama aloqalarda yangi sahifa ochganini taʼkidladi. Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatilgani asosiy natija boʻldi.

Oʻzaro yetkazib beriladigan mahsulotlar turini kengaytirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish hisobiga oʻzaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish boʻyicha marra belgilangan. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida 2026-2028-yillarga moʻljallangan qoʻshma harakatlar rejasi qabul qilindi.

Oʻzbekiston Prezidenti iqtisodiy sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtdi. Toʻqimachilik va elektrotexnika mahsulotlari, avtomobil va sanoat butlovchi qismlarini birgalikda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, farmatsevtika preparatlarini mahalliylashtirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, dasturiy taʼminot va sunʼiy intellekt sohalarida loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.

Mamlakatimiz yetakchisi Serbiya biznesi uchun yurtimizda qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaratishga hamda har bir qoʻshma loyihani amalga oshirishda amaliy koʻmak koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.

Yakunda qator ikki tomonlama iqtisodiy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгашининг кенгайтирилган мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигига бўлажак раисликнинг устувор йўналишларини белгилаб берди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон Президенти Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги доирасидаги ҳамкорликнинг устувор йўналишларини кўрсатиб ўтди
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi
09. Okt 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga bo‘lajak raisligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
09. Okt 2026