O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi

17 Fev 2025

Al-Kuvayt shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:

– Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;

– Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– «Aqlli» shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– San’at va madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Turizm sohasida 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi;

– Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Related