Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Fouad Alghanim & Sons» kompaniyasi rahbari Fadi Xaddadni qabul qildi.
1965-yilda tashkil etilgan xolding avtomobilsozlik, qurilish, energetika, neft-gaz, savdo, kema qurilishi, aviatsiya, telekommunikatsiya, turizm va ko‘chmas mulk sohalarida faoliyat yuritmoqda.
«Fouad Alghanim & Sons» kompaniyasining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sog‘liqni saqlash va ta’lim obyektlarini qurish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.