O‘zbekiston Prezidenti JSTga a’zo bo‘lish jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganini qayd etdi

22 Sen 2025

BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lishi borasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.

Ushbu xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.

JST me’yorlari va qoidalariga muvofiq milliy qonunchilikni, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi natijadorligini ta’minlash, shuningdek, 2026-yilda muzokaralar yakunlanishi va mamlakatimiz tashkilotga qo‘shilishi muhim ekani ta’kidlandi.

Related