O‘zbekiston va Chexiya yetakchilari hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar 23.09.2025

23 Sen 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida Chexiya Respublikasi Prezidenti Petr Pavel bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilindi.

Idoralararo aloqalarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Related