«Markaziy Osiyo – Xitoy» sammiti ishtirokchilari tantanali kutib olindi

18 May 2023

Sian shahridagi Tan sulolasi bog‘ida “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi tantanali kutib oldilar.

Marosimda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va rafiqasi, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham ishtirok etdi. Birgalikda suratga tushildi.

Oliy martabali mehmonlarga saroy oldidagi maydonda Xitoyning boy tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettirgan yorqin sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etildi.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 19-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Related