Moskvaga amaliy tashrif yakunlandi

08 Okt 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ishtirok etish maqsadida Moskva shahriga qilgan amaliy tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

«Vnukovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov hamda boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Related