
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Anqara shahrida Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishini oʻtkazadilar.
Tashrif dasturiga muvofiq, bir qator gumanitar tadbirlarda ishtirok etish nazarda tutilgan.