Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiyaga joʻnab ketdi

18 Dek 2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Tokioda bir qator oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sherikligi va koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.

Related