Oʼzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʼldi

08 Avg 2024

8-avgust kuni Oqoʼrda qarorgohida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi boʼlib oʼtdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʼzbekiston va Qozogʼiston davlat madhiyalari yangradi. Ikki mamlakat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan oʼtdilar. Birgalikda suratga tushildi.

Аyni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boʼlib oʼtmoqda. Tomonlar Oʼzbekiston bilan Qozogʼiston oʼrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilmoqda.

Related