Rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Moskva shahridagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.