O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga keldi

03 Iyul 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va «SHHT plyus» formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi.

Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Ertaga mamlakatimiz yetakchisi sammit ishida qatnashadi.

Related