O‘zbekiston Prezidenti Rimga uchib ketdi

07 Iyun 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Rim va Milan shaharlarida oliy darajadagi muzokaralar, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda Italiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Related