O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaga jo‘nab ketdi

25 Dek 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.

Bo‘lajak tadbir doirasida Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qiladilar hamda MDH makonida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar.

Related