O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi.
Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz timsolida Ar-Riyod viloyati rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibiga muvofiq, G‘azo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi.