O‘zbekiston Prezidenti SHHT sammitida ishtirok etadi

03 Iyul 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Sammit kun tartibiga muvofiq, SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Uchrashuv yakunida SHHT davlatlari rahbarlari tomonidan iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, madaniy-gumanitar soha va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Related