O‘zbekiston Prezidenti Tehronga jo‘nab ketdi

18 Iyun 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Bugun Eron poytaxtida davlatimiz rahbari Prezident Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbar oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Related