O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga jo‘nab ketdi

05 Iyun 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 5-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar.

Tashrif dasturida ikki mamlakatning yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qo‘shma uchrashuvda ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.

Related