O‘zbekiston Prezidenti Yevrokengash Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

02 Apr 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-aprel kuni kechqurun Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Yevropa Ittifoqining oliy martabali vakili bugun ertalab O‘zbekistonga keldi va Buxoro shahriga tashrif buyurib, xalqimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bo‘lajak «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Related