O‘zbekiston-Qatar munosabatlarida yangi sahifa ochgan muhim voqea

06 Iyun 2023

Qatar Amirining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi.

Kecha davlat rahbarlari Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Bugun samarali muzokaralar o‘tkazib, ularda ko‘p qirrali hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar, ikki tomonlama munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar.

Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy samimiy xayrlashdilar.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.

Related