O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti amaliy tashrif bilan Vengriyaga boradi

18 Avg 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yil 19-20-avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazadi, unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Prezidenti faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi hamda Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.

Related