O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati bayonoti

02 Apr 2020

Afg‘oniston rahbarlarining inklyuziv muzokaralar jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini O‘zbekiston olqishlaydi va buni ichki siyosiy inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish jarayonidagi muhim qadam deb qabul qiladi.

Ayni bosqichda o‘t ochishni va zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan “Tolibon” harakati ishtirokida umummilliy afg‘onlararo muloqotga o‘tish o‘ta muhimdir.

O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanligini yana bir bor bayon qiladi.

Related