Prezident Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi

31 May 2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yirik obyektlar qurilishiga start berish, mahallalar hayoti bilan tanishish o‘rin olgan.

Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab berilishi rejalashtirilgan.

Tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlanadi.

Related